09:18 (27.07.2023)

1816

Sanepidemqo`mita: Koronavirus (COVID-19) infektsiyasi boʼyicha epidemik vaziyat barqaror

Pandemiya boshlangan kundan boshlab joriy yilning 25 iyul holatiga dunyoda 692,1 mln nafardan ortiq bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan va ulardan 6,9 mln nafari (0,9 foiz) vafot etgan.

Shu bilan birga, kasallanish dunyo boʼylab pasayish tendentsiyasiga ega, aniqlanayotgan bemorlarning aksariyatida kasallik yengil va oʼrta shaklda oʼtmoqda.

Respublikamizda joriy yil 25 iyul holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 255 193 nafarni tashkil etib, ulardan 253 235 nafari (99,0 foiz) sogʼaygan.

Bugungi kunda respublikamizda koronavirus infektsiyasi boʼyicha vaziyat barqaror.

Biroq, koronavirus infektsiyasi va oʼtkir respirator infektsiyalarni miks-infektsiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud boʼlgan fuqarolar oʼrtasida qayd etilishi kuzatilmoqda.

Kasallanish butun dunyoda chekingani bilan, yoʼq boʼlib ketgani yoʼq, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori tomonidan joriy yilning 4 may kuni oʼtkazilgan yigʼilishda koronavirus COVID-19 pandemiyasini jamoat salomatligiga xavf solmaydigan darajadaligi eʼlon qilingan, shuning bilan birga kasallanishdan himoyalanish choralari davom ettirilishi lozimligini taʼkidlagan.

Respublikada koronavirus infektsiyasi ustidan epidemiologik nazorat va koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech