14:19 (07.04.2023)

2336

Sirdaryoda alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi

Sirdaryoda ilgʼor innovatsiyalar hududida biofarmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xoʼjaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, taʼlim sohalarining 20 ta yoʼnalishidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi:

- yer, mol-mulk, foyda va aylanma uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgacha ozod qilinadi;

- yer uchastkalari soddalashgan tartibda ajratiladi, yer va binolarni sotib olishda 5 yilgacha boʼlib toʼlashga ruxsat beriladi;

- foiz toʼlovlarini qoplab berish stavkasi 2 baravar oshiriladi.

Shuningdek, Sirdaryoda 500 million dollarlik investitsiya hisobiga Oʼzbekiston-Xitoy biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi. Bu klasterda Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan birga Gulistonda xalqaro taʼlim va tadqiqot universiteti, Innovatsion tibbiyot klinikasi, Markaziy Osiyo genom markazi, onkologik kasalliklarni davolash uchun Hujayra terapiyasi markazi tashkil qilinadi.

Shuningdek, klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari, innovatsion vaktsinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. 10 ming talaba uchun oʼquv binolari, zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi tashkil etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech