09:25 (24.07.2023)

2219

SSV: Tibbiyot oliy oʼquv yurtlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yoʼlga qoʼyiladi

Jahon ilm-fanida erishilayotgan yutuqlarni oʼrganish, toʼplangan tajribalarni oʼzlashtirishda chet tillarini bilish juda muhim. Shu boisdan bugun yurtimiz oliy oʼquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar oldiga xorij tillarini mukammal bilish talabi qoʼyilmoqda.

Аyni paytda mamlakatimizdagi mavjud 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasidan 7,5 va undan yuqori boʼlgan ingliz tili IELTS sertifikatiga hamda nemis va frantsuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʼlgan talabalar koʼp.

Tabiiyki, ularda dunyoning yuqori reytingida turgan universitetlarga grantni qoʼlga kiritish imkoniyati juda katta.

Shu bois Sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov tizim faollari ishtirokida oʼtgan yigʼilishda amaldagi tartibga oʼzgartirish kiritish hamda bunday iqtidorli va izlanuvchan talabalarga vazir stipendiyasini toʼlab borish tizimi joriy etilishini maʼlum qildi.

Аgar buni amaliyotga tatbiq etsak, chet tillariga qiziquvchi qolgan talabalar ham ularga ergashib, huddi shunday yuqori natijalarga erishishga intiladi, — dedi А. Inoyatov. — Buning uchun tibbiyot oliygohlari rektorlari iqtidorli talabalarga alohida eʼtibor qaratishi, har bir kafedra oʼqituvchisi ilm yoʼlini tanlagan boʼlajak yosh mutaxassislarni yaqindan qoʼllab-quvvatlashi zarur.

Qayd etilishicha, mazkur yangilikni joriy qilish boʼyicha yaqinda huquqiy asoslar ishlab chiqilishi koʼzda tutilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech