10:23 (12.05.2023)

2694

Saraton kasalligi odamlarda ilk bor qachon yuzaga kela boshlagani maʼlum boʼldi

Tadqiqotchilar saraton kasalligining mavjudligini koʼrsatadigan koʼplab qadimgi odamlar qoldiqlarini topishdi. Qadimgi yozma manbalarda mazkur xastalik haqida birinchi eslatma ham topilgan.

Olimlarning fikriga koʼra, saraton kasalligining dastlabki dalillari 1,7 million yil oldin paydo boʼlgan. Ehtimol, onkologiya allaqachon Paranthropus robustus yoki Homo ergaster turida yuzaga kela boshlagan.

«Biz Janubiy Аfrikadagi ohaktosh koni boʼlgan Svartkrans gʼoridan qoldiqlarni topdik. Unda qadimgi odamlar va ularning yaqin qarindoshlari skeletlari koʼp edi. Biz toshga aylangan barmoq suyagining kompyuter tomografiyasini skanerlashini saratoning zamonaviy holatlar tasvirlari bilan taqqoslaganimizda hujayralarda boshlanadigan, suyaklarda hosil boʼladigan gul kapsulasiga oʼxshash osteosarkomaning xarakterli xususiyatlarini darhol aniqladik», – deydi tadqiqotchilar.

Bundan tashqari, miloddan avvalgi 3000 yillarda qadimgi misrlik matematik, shifokor va meʼmor Imxotep «Edvin Smit papirusi» nomli risola yozgani maʼlum boʼldi. Bu tana jarohati va jarrohlik muolajalari boʼyicha darslik. Matnda 48 ta tibbiy holat, jumladan, koʼkrak bezi saratonining bir nechta holatlari batafsil bayon etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech