11:24 (24.03.2023)
3243
Mamlakatimizda oʼrtacha 2400 nafar aholiga bitta dorixona toʼgʼri keladi.
Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi boʼyicha 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda respublika boʼyicha oʼrtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona toʼgʼri keladi.
➖Toshkent shahrida 2 ming 338 ta;
➖ Toshkent viloyatida 1 ming 415 ta;
➖Samarqand viloyatida 1 ming 690 ta;
➖Fargʼona viloyatida 1 ming 690 ta;
➖ Qashqadaryo viloyatida 1 ming 78 ta;
➖Jizzax viloyatida 532 ta;
➖Navoiy viloyatida 622 ta;
➖Xorazm viloyatida 933 ta;
➖Namangan viloyatida 1 ming 137 ta;
➖Surxondaryo viloyatida 794 ta;
➖Аndijon viloyatida 1 ming 457 ta;
➖Buxoro viloyatida 1 ming 7;
➖ Sirdaryo viloyatida 446 ta dorixona mavjud.
Respublikamizda 2018 yilda 10 ming 764 ta dorixona faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlsa, ularning soni 2019 yilda 11 ming 858 ta, 2020 yilda 13 ming 57 ta, 2021 yilda 14 ming 287 ta, 2022 yilda esa 15 ming 799 taga yetgan.