12:01 (26.07.2023)
1988
Ko'pincha, dori vositalarini sotib olayotganda, biz uning shaklini tanlashda ikkilanamiz: tabletkalar yoki kapsulalar? Quyida biz har bir turning ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqamiz va umid qilamizki, ma'lumot siz uchun dori shaklini tanlashda foydali bo'ladi.
Tabletkalar:
➕ Siz preparatning dozasini mustaqil ravishda o'zgartirishingiz mumkin (yarim va chorak). Tabletkalar sizga kerakli moddalarning kattaroq miqdorini kichikroq hajmda olish imkonini beradi.
➕ Tabletkalarni ishlab chiqarish arzonroq, shuning uchun xaridor uchun foydaliroq. Tabletka tarkibidagi yordamchi moddalarning ko'pligi tufayli uning komponentlari yaxshiroq so'riladi.
➖ Yutish qiyinroq
Kapsulalar:
➕ Ular neytral ta'mga ega va yutish oson. So`rilish darajasi ham yuqori. Ularda yordamchi moddalar minimal miqdorda bo`lganligi uchun, preparat tez ta'sir qiladi.
➕ 2 turdagi kapsulalar (jelatin asosidagi kapsulalar va vegetarian kapsulalar) sizga o'zingiz uchun qulay variantni tanlash imkoniyatini beradi. Yog'lar va yog'da eriydigan moddalarni yetkazib berish uchun javob beradi. Ichak va oshqozonga salbiy ta`sir qilmaydi.
➖ Dozani bo'lish mumkin emas. Jelatin kapsulalari allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin. Namlikka va issiqlikka chidamli emas.