14:36 (30.03.2023)
2703
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, dori vositalari referent narxlarining jamoatchilik uchun ochiqligini kengaytirish maqsadida, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan maxsus mobil ilova ishlab chiqildi.
Endi siz, "UZPHARMINFO" dasturi orqali dori vositalarining referent narxlarini koʼrish va kuzatib borish imkoniga ega boʼlasiz.
Dasturni quyidagi havolaga kirib yuklab olshingiz mumkin:
Eslatib oʼtamiz, "Аholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi Prezident qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori boʼlgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.