11:50 (14.09.2023)
1118
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatda tibbiyot uchun mo‘ljallangan 37 turdagi o‘lchash vositalari va sinov vositalari o‘rin egallagan. (To'liq ro'yxat bilan bu yerda tanishasiz.)
Mamlakatimizda laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik ta’minotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish, shuningdek, tibbiy o‘lchash vositalarining ishonchsiz o‘lchash natijalarining oldini olish, xolis, ishonchli va solishtiriladigan o‘lchash natijalariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzurida Qiyoslash laboratoriyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
Hurmatli mutaxassislar! Yurtimizdagi davlat va nodavlat tibbiyot muassalari rahbarlari, muassasangizdagi tibbiy o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha Qiyoslash laboratoriyasi sizlarga o'z xizmatlarini taklif etadi.
Quyidagi namunani to'ldirgan holda o'z arizangizni farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yo'llashingiz mumkin.
Batafsil ma'lumot uchun:
(90) 929-53-47 Dilorom Abdullayeva Qiyoslash laboratoriyasi mudiri;
(90) 315-86-89 Abduqodir Ergashov Qiyoslash laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi