09:00 (27.11.2024)
20
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan “Vodil-Quvasoy” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda toʻxtatilib koʻzdan kechirildi. Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dastlabki qiymati 74 mln. soʻmlik 3720 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Shuningdek, “Rishton” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatdan boʻsh holda harakatlangan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona va chegara nazoratidan oʻtkazildi. Ogʻzaki soʻrovda haydovchi tomonidan avtotransport vositasida noqonuniy va bojxona nazoratidan yashirilgan hech narsa yoʻqligi maʼlum qilingan boʻlsada, avtotransportning gaz ballon oʻrnatilgan qismida, orqa oʻrindiq ostida hamda sovitish tizimlari ichiga yashirilgan holda mamlakatimizga olib oʻtilayotgan 353 ta konvalyutada jami 3527 dona “zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining “qora bozor”dagi narxi 460 mln. soʻmni tashkil etmoqda.
Jami ikki holatda 534 mln.soʻmlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chey qoʻyildi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.