12:00 (27.11.2024)
25
Kelgusi yilning oxiriga kelib, Rossiyada qayin gulchanglari allergiyasiga qarshi vaksina paydo boʻlishi kutilmoqda.
Bu haqda Federal Tibbiyot-biologiya agentligi (FMBA) rahbari Veronika Skvorsova maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, preparat allaqachon klinikadan oldingi tadqiqotlardan oʻtgan, tadqiqot davomida vaksinanning xavfsizligi, yaxshi taʼsiri va yuqori profilaktik samaradorligi tasdiqlangan. Vaksinaning klinik tadqiqotlarini yakunlash uchun havoda qayin gulchanglari paydo boʻlguncha kutish kerak. Olimlar birinchi natijalarni 2025-yilning aprelidan iyunigacha olishadi.
"Agar natijalar yaxshi boʻlsa, biz vaksinani 2025-yil oxirida roʻyxatdan oʻtkazishga umid qilamiz", dedi Skvorsova.
FMBA ning tushuntirishicha, vaksina allergiyaning oldini olish va davolash uchun moʻljallangan va uning taʼsiri shundaki, tana qayin gulchanglariga normal immunitet reaksiyasiga xos boʻlgan IgG antikorlarini ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, allergik reaksiyaga xos boʻlgan IgE antikorlari ishlab chiqarishni toʻxtatadi. Hozircha dunyoda bunday vaksinaning oʻxshashi yoʻq.