19:53 (29.08.2023)

1738

Tungi smenada ishlash xotira yoʼqolishi xavfini oshiradi – tadqiqot

Kanadalik olimlar oʼtkazgan tadqiqotga koʼra, tunda ishlash oʼrta yosh va undan keyingi davrda xotira yoʼqolishi xavfiga sabab boʼlishi mumkin. Bu toifadagi odamlarda kognitiv buzilishlar 79 foizgacha yuqori boʼladi.

York universiteti olimlari oʼtkazgan tadqiqotda smenada ishlash va kognitiv funktsiya buzilishi oʼrtasida bogʼliqlik borligi aniqlandi. Bunda 47,8 ming kishining maʼlumotlari va ularning ish joylari haqida maʼlumotlar oʼrganilgan. Ishtirokchilardan kognitiv funktsiyaga oid testlar olingan.

Mutaxassislarga koʼra, smenali ish sabab kishilarning uyqu ritmi buzilishi oʼrta yoshga borib kognitiv holatga taʼsir qiladi.

Inson tanasidagi har bir hujayra sirkadiyalik soati boʼyicha (organizmning 24 soat boʼyicha tabiiy harakati) harakatlanadi. Bunda harakat quyosh sikli boʼyicha boshlanadi. Quyosh nurining haddan ortiq koʼpligi yoki kamligi bu ritmning buzilishiga sabab boʼlishi mumkin.

Tungi smenada ishlovchilarning asosiy muammosi ham shu. Insonning sirkadiyalik soati juda koʼp muhim tana vazifalari uchun budilьnik vazifasini bajaradi. Bular: uyqu sikli, gormonal harakat, tana harorati, ovqatlanish va hazm qilish kabilar.

Har bir inson tungi vaqtda kamida 7 soat uxlashi kerak. Lekin statistikaga koʼra, amerikaliklarning deyarli yarmi meʼyor darajasida uxlamaydi. Tungi uyquning buzilishi va sirkadiyalik ritmiga amal qilmaslik boshqa xronologik kasalliklar, shuningdek, semizlikka ham sabab boʼlishi mumkin. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech