15:09 (05.09.2023)
1709
Hukumat qarori (444-son, 04.09.2023 y.) bilan “Xalq salomatligi posboni” koʼkrak nishoni taʼsis etildi.
Qarorga koʼra, koʼkrak nishon bilan quyidagilar taqdirlanadi:
▫️ mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qoʼshgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;
▫️ jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni oʼz jamoasi va aholi orasida targʼib qilishda alohida namuna boʼlayotgan shaxslar va sport murabbiylari;
▫️ zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik koʼrsatgan fuqarolar;
▫️ aholiniig sogʼlom ovqatlanishini yoʼlga qoʼyish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaxslar;
▫️hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini taʼminlash, aholida sanitariya-gigienik koʼnikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar;
▫️ surunkali kasalliklar profilaktikasida xavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga oʼzgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan OАV vakillari;
▫️ profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yoʼnalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qoʼshgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar.
Koʼkrak nishoni bilan Oʼzbekistan fuqarosi boʼlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Koʼkrak nishoni har yili noyabrь oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tantanali topshiriladi.
Koʼkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida (1 mln 320 ming soʼm) bir yoʼla toʼlanadigan pul mukofoti beriladi.