10:18 (03.04.2023)

2725

Ukrainaning «Yuriya-farm» kompaniyasi Oʼzbekistondagi farmkorxonani sotib oldi

Ukrainaning «Yuriya-Farm» farmatsevtika kompaniyasi Oʼzbekistondagi «Reka-Med» farmatsevtika kompaniyasini sotib oldi. Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) krediti hisobidan 10 mln yevro ajratdi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

YeTTB krediti mahsulotining 30 foizini (shundan 15 foizi Oʼzbekistonga) eksport qiluvchi «Yuriya-farm»ga Oʼzbekiston bozori uchun dori vositalarini ichki ishlab chiqarish hamda Ukrainadagi ishlab chiqarish quvvatlarining qariyb 10 foizini boshqa dori vositalarini ishlab chiqarish uchun boʼshatish imkonini beradi.

YeTTBning taʼkidlashicha, «Yuriya-Farm» Ukrainadagi yetakchi beshta farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan biri boʼlib, oʼz dori vositalarini dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi.

«Rossiya va Ukraina oʼrtasidagi urush sharoitida eksport qiyinlashib, qimmatlab borayotgan bir paytda oʼzbek kompaniyasini sotib olish eng yaxshi strategik qadam boʼldi», — deya qayd etdi bank.

«Ushbu kelishuv Ukrainada ham, Oʼzbekistonda ham dori vositalarining mavjudligini oshiradi. Shuningdek, u «Yuriya-Farm»ning rentabelligini oshiradi hamda Ukrainadan tashqarida qoʼshimcha maydonlarni joylashtirish orqali ishlab chiqarish xatarlarini diversifikatsiya qiladi», — dedi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa va Kavkaz boʼyicha boshqaruvchi direktori Matteo Patrone.

«Yuriya-farm» YeTTB bilan dastlabki kredit shartnomasini 2019 yil may oyida imzolagan. Kompaniya 25 mln yevro jalb qildi, bu mablagʼ ikki transhda ajratilishi kerak edi. Dastlabki 15 mln yevro qadoqlash liniyalarini takomillashtirish, arzon individual dozalarda saraton kasalligini davolash uchun dori vositalari ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish hamda ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga sarflandi. Ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish uchun moʼljallangan ikkinchi transh esa sarflanmadi, endilikda u «Reka-Med»ni sotib olishga yoʼnaltiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech