17:17 (07.08.2024)
827
Bu haqda Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi (JAHA) jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda ma`lumot berilgan.
Shimoliy Karolina universiteti (AQSH) tibbiyot maktabi mutaxassislari aqlli soatlar va boshqa tibbiy gadjetlar yurak-qon tomir tizimi holati haqida yetarli ma’lumot bermasligini aniqladi. Bunday holda, gadjetlar yuqori bezovtalik va stressni keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlar yurak bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan 172 nafar bemordan so‘rov o‘tkazdi. Ularning bir qismi kasallikka tashxis qo‘yish uchun aqlli soatga ega edi. Ma’lum bo‘lishicha, qurilmalardan foydalanadigan odamlar o‘z holatiga nisbatan ko‘proq stressni boshdan kechirishgan.
Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Lindsi Rosmanning so‘zlariga ko‘ra, aqlli soatlar salomatlik haqida yetarli ma’lumot bermaydi va ularni kontekstsiz taqdim etadi.
"Psixologik farq o‘zidagi kasallik alomatlaridan qattiq tashvishlanish va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashdan qoniqmaslik edi," - dedi Rosman.
Shuningdek, materialda aytilishicha, taqiladigan gadjetlar foydalanuvchilari o‘z holati haqidagi savollarga javob olish uchun ko‘proq norasmiy sog‘liqni saqlash resurslaridan foydalanganlar. Rosmanning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha soat bemorlarga yangi va qimmatli ma’lumotlarni taqdim etmasdan, ularning sog‘lig‘ida muammolar borligini eslatib turadi xolos.