08:55 (30.08.2024)

687

Dori vositalari narxlarini noqonuniy oshirgan dorixonalar aniqlandi

473 ta dorixonada huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani maʼlum boʻlgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi respublikada faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan dori vositalarining narxlari boʻyicha oʻrganishlar olib borganda belgilangan ustamalarni oshirib qoʻllanish holatlarini aniqlagan.

Qoʻmitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar boʻyicha tekshirish oʻtkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani maʼlum boʻlgan. Oʻrganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd soʻmga yaqin asossiz daromad olingani aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan va isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari koʻrilgan.

Xususan quyidagi hududlarda isteʼmolchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablagʻlar olingani aniqlangan:

Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada 1838 ta holatda 39 mln soʻm miqdorda;
Toshkent shahrida 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 mlrd  911 mln soʻm miqdorda;
Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada 7005 ta holatda 743,7 mln soʻm miqdorda;
Namangan viloyatida 44 ta dorixonada 7544 ta holatda 1 mlrd 14,5 mln soʻm miqdorda;
Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada 1492 ta holatda 134,9 mln soʻm miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 30 ta dorixonada 1391 ta holatda 71,8 mln soʻm miqdorda;
Sirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada 1587 ta holatda 20 mln soʻm miqdorda;
Fargʻona viloyatida 23 ta dorixonada 539 ta holatda 93,2 mln soʻm miqdorda;
Andijon viloyatida 20 ta dorixonada 6352 ta holatda 312,8 mln soʻm miqdorda;
Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada 1866 ta holatda 71,8 mln soʻm miqdorda;
Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada 1378 ta holatda 18,8 mln soʻm miqdorda;
Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada 30 ta holatda 36,6 mln soʻm miqdorda;
Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada 1048 ta holatda 914 mln soʻm miqdorda;
Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada 119 ta holatda 10 mln soʻm miqdorda;

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech