12:00 (24.07.2024)

1358

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti OIV diagnostikasiga doir tavsiyalarini yangiladi

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda OIV infeksiyasini yuqtirgan qariyb 40 million nafar bemor bor. Ular soni yiliga 1,5 million kishiga ortyapti. Eng yomoni, kasallik har yili 600 ming kishini hayotdan olib ketmoqda.

Mutaxassislar bunday o‘sish dinamikasini xastalikka erta bosqichda tashxis qo‘yilmasligi bilan izohlaydi.

 Masalan, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga qarashli 53 mamlakatda (Markaziy Osiyo davlatlari ham shu ro‘yxatda) OIVga chalingan bemorlarning to‘rtdan bir qismi o‘z xastaligidan bexabar bo‘lsa, qariyb yarmi o‘z tashxisini juda kech bosqichda biladi.

???? Shularni inobatga olib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti OIV diagnostikasiga doir tavsiyalarini yangiladi.

Undan OIV/OITS hamda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa infeksiyalar uchun ekspress-test xizmatlari ko‘lami hamda o‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini kengaytirishga doir ko‘rsatmalar o‘rin olgan.

Ekspertlarning xulosa qilishicha, 2030 yilgacha OIVning aholi salomatligiga tahdid sifatidagi global xavfini kamaytirishga doir ustuvor maqsadlarga erishish mumkin. 

 Buning uchun hukumatlar xastalikning oldini olish, unga qarshi kurashish, infeksiyani erta bosqichda aniqlash va samarali davolash uchun zarur resurslar ajratishi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech