10:27 (18.05.2023)

2487

Mutaxassis: saraton rivojlanayotganligini koʼrsatishi mumkin boʼlgan beshta belgi

Onkolog-vrach Ivan Karasevning fikriga koʼra, bu simptomlar aynan onkologiya bilan bogʼliq boʼlmasligi ham mumkin. Biroq, bu alomatlar uchraganda shifokor koʼrigidan oʼtish kerak.

Birinchi alomat bu ogʼriq. Аgar biror joyingiz ogʼriyotgan boʼlsa, bu tananing aynan shu sohaga eʼtiboringizni qaratishingizni soʼrayotgan boʼladi. Аgar ogʼriqlar doimiy va kuchli boʼlsa, bu zudlik bilan shifokorga uchrash kerakligini anglatadi", deydi shifokor.

Xavotir uchun ikkinchi sabab — hech qanday sababsiz sodir boʼlgan keskin vazn yoʼqotish.

Uchinchi "qoʼngʼiroq" — uzoq muddat davomida oʼtib ketmayotgan kasalliklar. Аgar nimadir uzoq davom etayotgan boʼlsa, bu, masalan, bir oy yoki undan koʼproq davom etadigan yoʼtal boʼlishi mumkin yoki dori terapiyasiga javob bermaydigan anemiya, yoxud dori-darmonlarni qabul qilishga qaramay, oshqozon yarasi bezovta qilsa albatta tekshiruvdan oʼtish kerak.

Toʼrtinchi alomat — tanadagi yangi oʼsmalar paydo boʼlishi va limfa tugunlarining koʼpayishi. OʼRVI belgilarisiz haroratning oshishi haqida ham unutmaslik lozim.

Shifokor xavotir uchun beshinchi sabab sifatida oshqozon-ichak traktidagi oʼzgarishlarni aytib oʼtdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech