10:19 (22.06.2023)

3124

Yangi tashkil etilayotgan "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" qanday vazifalarni amalga oshiradi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-197-son qarori bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tizimidagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimiga oʼtkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilishi belgilandi.

Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturiga muvofiq, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

➖ dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʼyxatidan oʼtkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yoʼli bilan davlat tomonidan boshqarishni, postmarketing nazoratini amalga oshirishni taʼminlaydi;

➖dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sohasidagi normativ-huuquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

➖davlat farmakopeyasini ishlab chiqadi;

➖tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtiruvchi markaziy organ sifatida respublikadagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

➖tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini ishlab chiqadi;

➖farmakalogik nazoratni amalga oshiradi;

➖tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazorati borasida metrologiya tekshiruvlarini tashkillashtiradi;

➖tibbiyot amaliyotida qoʼllashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrini yuritadi;

➖huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlari boʼyicha farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan oʼtkazishni taʼminlaydi;

➖dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning zararli taʼsirini tasdiqlovchi holatlar mavjud boʼlgan taqdirda, ularning ishlab chiqarilishini, realizatsiya qilinishini belgilangan tartibda toʼxtatib turish chorasini koʼradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech