12:55 (10.06.2024)

361

Yozning jaziramasida salomatlik uchun nimalarni yodda tutish kerak!

Yoz mavsumida mintaqamizga xos boʻlgan quruq issiq havo kuzatiladi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham harorat yuqorilab boryapti.

Shunday ekan bunday paytda qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?

-Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan boʻlgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq. Mavsumga mos bunday liboslar terini quyoshning zararli nurlaridan himoyalab, uning nafas olishiga yordam beradi hamda tana qizib ketishining oldini oladi. Tadqiqotlarga koʻra, qizil, kulrang va sariq rangli kiyimlar issiqlikni, yaltiroq va shoyi matolar esa ultrabinafsha nurlarini yaxshi qaytaradi.

- Quyosh nurlarida bosh kiyim kiyib yurish lozim. Chunki bosh terisi boshqa teri kabi quyosh nurlaridan kuyishga moyil.

- Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda boʻladi. Shuning uchun bu vaqt oraligʻida zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmagan maʼqul.

- Issiq ob-havoda kuniga 3 litrdan kam boʻlmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Biroq past haroratdagi salqin ichimliklarni ichishdan tiyilish zarur. Sababi ular butun organizmga, oshqozon ichak yoʻllari faoliyatiga salbiy taʼsir etadi. Qolaversa, salqin ichimlik ichganda tonzillit kabi surunkali kasalliklar kuchayishi mumkin.

Bundan tashqari, chanqoq payti olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar, yashil va oʻsimlik choylari (yalpiz, romashka va boshqalar) chanqoqni tez bosadi.

- Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan maʼqul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech