14:50 (14.09.2023)

1128

O‘zbekistonda 15–35 yoshdagi xotin-qizlar ayrim preparatlar bilan bepul taʼminlanadi

O‘zbekistonda 15—35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va folik kislotasi bilan bepul taʼminlash ishlari rivojlantiriladi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga ko‘ra, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovi kamida 50 foizga oshiriladi. Bolalar o‘rtasida irsiy kasalliklar 2 barobarga qisqartiradi. Tug‘uruq o‘rinlari soni 35 foizga oshiriladi.

6–23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni, 2–10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar, 3–15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 15–35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va folik kislotasi bilan bepul taʼminlash ishlari rivojlantiriladi.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tarqalishi 20 foizga qisqarishiga erishiladi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech