Yangiliklar

not found

Xalq tabobatida qanday malaka oshiriladi?

Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlariga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlangan (roʼyxat raqami 3426, 07.04.2023 y.). Nizomda belgilanishicha, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xalq tabobati hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Malaka oshirish kurslarida oʼqish asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. Oʼquv markazlarida oʼquv yuklamasining eng koʼp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. Nizom oʼqish uchun arizalarni qabul qilish hamda kurs yakunlanganidan keyin attestatsiyadan oʼtkazish tartibini belgilaydi. Quyidagi shaxslar oʼqishga qabul qilinmaydi: - qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turadigan shaxslar;- umumiy oʼrta yoki oʼrta maxsus professional maʼlumotga ega boʼlmagan shaxslar. Аttestatsiya suhbat shaklida oʼtkaziladi va uning natijalari ballar qoʼyish yoʼli bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Bitiruvchi 86-100 ballar oraligʼida ball toʼplasa, uning bilimi “aʼlo” deb, 71-85 ballar oraligʼida ball toʼplasa “yaxshi” deb, 56-70 ballar oraligʼida ball toʼplasa, “qoniqarli” deb baholanib, attestatsiyadan oʼtgan deb hisoblanadi.

  • 4 May, 09:02
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech