16:44 (22.08.2023)

1663

20 daqiqada qonni 50ta koʼrsatkich boʼyisha tekshiradigan qurilma ishlab chiqildi

Vital Biosences Inc kompaniya taʼsischilariga koʼra, qurilma bir necha tomchi qon yordamida 50 ga yaqin laboratoriya tahlillarini oʼtkazishga yordam beradi. Vital bosh direktorining aytishicha, ular bu qurilma uchun 48 million dollar sarmoya olishga muvaffaq boʼlgan, bu miqdor ishlanmani yakunlash va klinik sinovlarni boshlash uchun yetarli.

Qurilma qanday ishlaydi?

VitalOne deb nomlangan diagnostika mashinasi bir vaqtning oʼzida uchta turdagi tahlillarni oʼtkazishga qodir: gematologik, klinik kimyoviy va immunologik. Sinovlar anemiya, metabolik kasalliklar yoki yuqori insulin darajasi kabi qon kasalliklari mavjudligi yoki yoʼqligini koʼrsatadi.

Qurilma shifokor xonasida boʼladi, shuning uchun bemorga qon namunalarini olish uchun boshqa klinikalarga borish shart emas va qon tahlilini bir necha kun kutishga toʼgʼri kelmaydi. Bemor shifokorning qabulxonasida qon topshirishi va natijalarni 20 daqiqa ichida olishi mumkin, bu esa bemor va shifokorning vaqtini tejashga yordam beradi, takroriy tashriflarni bartaraf etadi.

Vital Biosences kompaniyasining qurilmasi keng jamoatchilikka taqdim yetilmaydi. Qurilmaning birinchilarini bozorga 2024 yilga yaqin olib chiqish rejalashtirilgan, chunki ungacha bu qurilma sinovdan oʼtishi va FDA tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Tahlil minimal qon miqdorini talab qiladi. Ishlab chiquvchining fikriga koʼra, test uchun 6 tomchi qon yetarli.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech