15:12 (04.07.2023)

2471

IT-vizasi bor chet elliklarga tibbiy xizmatlar Oʼzbekistonliklarga oʼrnatilgan narxlarda koʼrsatiladi

Sogʼliqni saqlash vazirining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʼrsatish tartibi toʼgʼrisidagi nizomning 6-bandiga qoʼshimcha kiritish haqida”gi buyrugʼi qabul qilindi (roʼyxat raqami 3355-1, 20.06.2023 yilda roʼyxatdan oʼtkazilgan).

Hujjatga muvofiq, “IT-visa”ga ega boʼlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (turmush oʼrtogʼi, ota-onasi va farzandlari) tibbiy xizmatlar uchun Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʼyicha haq toʼlash huquqiga ega.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.06.2023 yildan kuchga kirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech