09:18 (25.09.2023)
1825
Har yili 25 sentyabr kuni butun dunyoda Butunjahon farmatsevtlar kuni nishonlanadi.
Bayramni nishonlash taklifi Turkiya farmatsevtlari uyushmasi tomonidan 2009 yilda Istanbulda boʼlib oʼtgan Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (XFF) kongressida ilgari surilgan edi. 25 sentyabr sanasini tanlash 1912 yilda XFFning tashkil etilishi bilan bogʼliq.
Bayram 2010 yildan beri XFF homiyligida nishonlanadi. Tadbirdan koʼzlangan maqsad farmatsevtika amaliyotini jahon miqyosida rivojlantirish va aholining sogʼliqni saqlashda farmatsevtning oʼrni haqida xabardorligini oshirishdan iborat.
Farmatsevt kasbi bilan dunyo boʼylab toʼrt millionga yaqin inson ishlaydi.
Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha farmatsevtlarni va shu sohada oʼqiyotgan talabalarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz!