14:43 (06.09.2024)

521

“Farma Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” III-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

2024-yil 29–30-oktyabr kunlari “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida "Farma Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” III-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Tadbir  Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi koʻmagida tashkil etilmoqda.

Asosiy mavzular:
- Strategik yalpi sessiya. Davlat va biznes muloqoti: Oʻzbekiston farmatsevtika bozorining istiqbollari va vazifalari.
- Eng yirik investitsiya loyihalari: Oʻzbekistonda farmatsevtikani rivojlantirish va yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish rejalari.

 Biznes dasturi:
✅ 30+ maʼruzachi va munozara ishtirokchilari;
✅ 10+ ishbilarmonlik va norasmiy muloqot;
✅ Texnologik taqdimotlar;
✅ Kokteylli qabul.

Ishtirokchilar:
✅ Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining 350 dan ortiq yetakchi farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari;
✅ Investitsiya loyihalari tashabbuskorlari;
✅ Uskuna va texnologiyalarni hamda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar;
✅ Xalqaro investorlar.

➡️ Tafsilotlar va ishtirok shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://pharmauz.com/ru/usloviya-uchastiya/ 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech