16:05 (10.03.2023)

2289

45 ming dona “Tseftriakson” dori vositasining noqonuniy savdosini oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʼstonliq tuman boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “A.A.” MChJ menejeri V.X. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, fuqaro А.S.ga tegishli hujjatlari boʼlmagan 45 ming dona “Tseftriakson” nomli dori vositasini 131,4 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech