Yangiliklar

not found

Ingalipt

Ingalipt viruslar, patogen bakteriyalar va patogen zamburugʼlar tomonidan nafas yoʼllarining epiteliysiga zarar yetkazish natijasida yuzaga keladigan turli yuqumli kasalliklarni kompleks davolashda qoʼllaniladi. Bu kasalliklar odatda isitma, burun bitishi, yoʼtal, tomoq ogʼrigʼi, tananing umumiy intoksikatsiyasi belgilari bilan birga keladi. Kombinatsiyalangan preparat quyidagi nipatologiyalar davolashda qoʼllaniladi: - tonzillit - faringeal va palatin bodomsimon bezlarning uzoq muddatli yalligʼlanishi;- faringit - shilliq va limfoid toʼqimalarning, bodomsimon bezlariniing yalligʼlanishi;- laringit - halqum shilliq qavatining yalligʼlanishi;- aftoz stomatit - sirt qatlamining buzilishi va eroziya shakllanishi bilan kechadigan ogʼiz membranasining yalligʼlanish jarayoni;- yarali stomatit - ogʼiz boʼshligʼining yalligʼlanish patologiyasi, shilliq qavatning fokusli destruktsiyasi bilan namoyon boʼladi. Ingaliptdan qanday qilib toʼgʼri foydalanish kerak? Davolash jarayonini amalga oshirishdan oldin, tomoq va ogʼiz toʼplangan shilimshiqdan tozalanishi kerak. Buning uchun suv yoki antiseptik eritmalardan foydalanib, chayqash mumkin, masalan, Miramistin. Shishadagi suyuqlik juda oʼziga xos shirin va oʼtkir taʼmga ega, uni hamma ham yoqtirmaydi. Ammo otorinolaringologlar uni ikki daqiqa davomida yutib yubormaslikni maslahat berishadi. Bundan tashqari, yarim soat davomida ovqatlanish va ichishni toʼxtatish tavsiya etiladi. Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar Ingaliptning faol yoki yordamchi komponentlariga allergiya mavjud boʼlganda qoʼllash mumkin emas.Pediatriyada ingalipt 3 yoshdan boshlab qoʼllaniladi, chunki suyuqlik nafas yoʼllarining shilliq qavatiga kirganda bronxospazm xavfi mavjud. Maxsus koʼrsatmalarEtil spirti ingaliptning terapevtik samaradorligini pasaytiradi, bu esa tiklanishni sekinlashtiradi. Davolash paytida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. "Dori-Darmon" АK dorixonalarida ingaliptning narxi -12.500 soʼm

  • 1 Avgust, 09:10
  • Batafsil
not found

Ish haqini natura shaklida to`lash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2023 yildagi “Ish haqini natura shaklida toʻlashni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 286-son qarori qabul qilindi.  Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan hollardan tashqari ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlangan.  Hujjat bilan   ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi oʻrnatildi. Ushbu shaklda ish haqini toʻlash quyidagi hollarda mumkin boʻladi: хodim yoki uning oilasi iste’moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish; oʻziga хizmat koʻrsatilishi va uy хoʻjaligini yuritishda koʻmaklashish maqsadida uy хizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy хizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish.  Ish haqini ushbu shaklda toʻlashga хodimning roziligi bilan yoʻlga qoʻyiladi va bu haqda mehnat shartnomasida koʻrsatiladi, shu bilan birga natura shaklidagi toʻlov miqdori oylik ish haqining 30%dan oshmasligi kerak.  Xodimning ish haqidan 50% gacha miqdorda ushlab qolinsa — хodimga natura shaklida toʻlanadigan ish haqining umumiy summasi 10%dan ortiq boʻlishi mumkin emas, 50%dan ortiq miqdorda ushlab qolinsa — хodimga ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi.  Ish haqini natura shaklida toʻlashda quyidagilar taqiqlanadi: хodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlganda, ish haqini natura shaklida toʻlash; qishloq хoʻjaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narхini ularning tannarхidan yuqori belgilash; alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis oʻsimligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan oʻsimlik va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish; uy хizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narхini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini haqiqiy bozor narхidan yuqori narхda belgilash.

  • 31 Iyul, 17:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech