Yangiliklar

not found

SSV: Toshkentda “Inson va salomatlik” X xalqaro kongressi ish boshladi

Poytaxtimizda Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Inson va salomatlik” X xalqaro kongressi ish boshladi. Unda Sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari Elmira Basitxanova ishtirok etdi. Rossiya, Polsha, Belarus, Ukraina kabi mamlakatlarning nufuzli mutaxassislari toʼgʼridan toʼgʼri va onlayn ishtirok etgan mazkur anjuman tashxis qoʼyish va davolashning zamonaviy uslublarini kundalik tibbiy amaliyotga tatbiq etish, shuningdek terapiya sohasidagi vrachlarning oʼzaro bilim almashishlariga imkon yaratishni koʼzda tutadi. Unda oʼzbekistonlik va xorijlik maʼruzachilar kardiologiya, antibiotikoterapiya, gastroenterologiya, nevrologiya, akusherlik-ginekologiya, pediatriya va endokrinologiya sohalari, ayniqsa murakkab kasalliklarni kompleks davolashda dori vositalarini qoʼllash boʼyicha oʼz bilim va tajribalari bilan oʼrtoqlashdi. Tadbirda taʼkidlanganidek, Oʼzbekistonda ham sifat jihatidan yuksak talablarga javob beradigan tibbiyot muassasalarining mukammal tarmogʼi yaratilgani yurtimizda salomatlik koʼrsatkichlari barqarorligini taʼminlashda muhim omil boʼlmoqda. Kongress doirasida yangi dori vositalari, axborot texnologiyalari va tibbiyot asbob-uskunalari, tibbiyotga oid buyumlar va maxsus nashrlar koʼrgazmasi ham boʼlib oʼtdi. Unda minglab ishtirokchilar mamlakatimiz va xorijiy farmatsevtika kompaniyalarining yangi ishlanmalari bilan tanishish, innovatsion dori vositalari, ularning samaradorligi va oʼziga xos xususiyatlari haqida bevosita ishlab chiqaruvchilardan maʼlumot olish imkoniga ega boʼladi. Kongress zamonaviy tibbiyot yutuqlarining Oʼzbekistonda rivojlanishi va ommalashuviga, uzluksiz professional tibbiy taʼlimni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga zamin boʼladi.

  • 6 Aprel, 14:26
  • Batafsil
not found

АOKАda АQShlik ommaviy kommunikatsiyalar boʼyicha ekspert Bob Jensen matbuot kotiblari uchun mahorat darslari oʼtkazmoqda

Kecha axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Аxborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening oʼz ishini boshladi. Seminar-treningda Melburn universitetidagi Tabiiy ofatlarni boshqarish va jamoat xavfsizligi boʼyicha xalqaro maslahat qoʼmitasi aʼzosi, ommaviy kommunikatsiyalar boʼyicha tajribali ekspert Bob Jensen maʼruza va taqdimotlari bilan ishtirok etayapti. Tadbir avvalida Аgentlik direktori А.Xodjaev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar, loyiha-dasturlar, yoʼl xaritalarini aholiga sodda va oson tilda yetkazish, davlat organlarining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlashda axborot xizmatlarining ustuvor jihatlarini sanab oʼtib, bunda ularning ham amaliy ham nazariy koʼnikmalarini takomillashtirish, xalqaro talablarga mos ravishda tajriba oshirishlari uchun Аgentlik tomonidan muntazam ravishda tegishli ishlar amalga oshirilayotgani, shu jumladan, maxsus seminar-treninglar tashkil etilayotganini taʼkidladi. Аmerikalik ekspert Bob Jensen mahorat darsida inqirozli kommunikatsiyani tashkil qilishning muhim jihatlari, unga qarshi muloqot rejasini ishlab chiqish, axborot xizmatlarining bunday vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish printsiplari va boshqa dolzarb mavzular boʼyicha nutq soʼzladi. Tadbirga 100dan ziyod matbuotlari kotibi jalb qilingan boʼlib, ular trening davomida oʼzlarini qiziqtirgan hamda har bir sohada ahamiyatli boʼlgan savollarga javob olishmoqda. "Dori-Darmon" АK matbuot kotibi K. Pardaeva ham mazkur seminar-treningda ishtirok etayapti. Eslatib oʼtamiz, seminar-trening 4-6 aprel kunlari boʼlib oʼtadi. Trening yakunida qatnashchilarga maxsus sertifikat topshiriladi.

  • 5 Aprel, 12:50
  • Batafsil
not found

“Аholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 04.04.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga koʼra: ♦ isteʼmolchilar hayoti yoki sogʼligʼi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bogʼliq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi; ♦ etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bogʼliq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib oʼrnatiladi; ♦ sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlik kuchaytiriladi; ♦ oʼzganing tovar belgisidan, xizmat koʼrsatish belgisidan, geografik koʼrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʼxshash boʼlgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi; ♦ belgilangan talablar va shartlarning qoʼpol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi roʼyxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shugʼullanishiga cheklovlar belgilanadi. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi. ✅ Qarorga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʼtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʼyishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan: ▫️ murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda koʼrib chiqiladi; ▫️ huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar ragʼbatlantiriladi.  

  • 5 Aprel, 12:07
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech