09:00 (05.04.2023)

2478

Rossiyaliklar koʼpincha virusga qarshi preparatlarning sifatini tekshiradilar

"Честный ЗНАК" mahsulotlarni markirovkalash va nazorat qilish milliy tizimi o‘zining mobil ilovasi ma’lumotlarini tahlil qildi. Joriy yilning birinchi choragida dori-darmonlarni sotib olayotganda, fuqarolar koʼproq arbidolni tekshirishdi, shuningdee, taufon koʼz tomchilari, askorbin kislotasi, omez va omeprozol, akvadetrim, kardiomagnil, pentalgin, paratsetamol, ingaverin ham kuchli oʼnlikka kirdi. Umuman olganda, ilova foydalanuvchilari shu vaqt ichida deyarli 600 ming paket turli dori vositalarini skanerlashdi.

“Честный ЗНАК” mobil ilovasi tufayli rossiyaliklar dorixonalarda har qanday, hatto eng kam uchraydigan dori-darmonlarni topish imkoniyatiga ega. Ilova tovarlarni markirovkalash va nazorat qilish boʼyicha davlat axborot tizimining bir qismidir. Muomalaga kiritilgan barcha dorilar bugungi kunda individual markirovkalash kodiga ega, tizimda barcha dorixonalar, shifoxonalar, ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, dori tarqatuvchilar haqida maʼlumotlar mavjud. Dori vositalari muomalasi bilan bogʼliq boʼlgan har bir tashkilot bu haqda maʼlumotlarni tizimga uzatadi. Ushbu maʼlumot isteʼmolchilarning foydasiga xizmat qiladi. Dori vositalarining qonuniyligi va haqiqiyligini, yaroqlilik muddatini – shu va boshqa koʼp narsalarni har kim ilova orqali tekshirishi mumkin”, – deydi ITRM bosh direktorining oʼrinbosari Revaz Yusupov.

Честный ЗНАК – bu isteʼmolchilarga markirovkalash tizimi va boshqa davlat axborot tizimlarida mavjud boʼlgan barcha tovarlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarga kirish uchun yagona oyna. Masalan, ilova dorixonalarda istalgan dori-darmonlarni topishga va dori-darmonlar boʼyicha koʼrsatmalarni qulay shaklda olishga, ularni qabul qilish uchun signalni oʼrnatishga imkon beradi.

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech