Yangiliklar

not found

Sarhisob va tahlil

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston farmatsevtika bozorida dori vositalarining ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shugʼullanuvchi yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi. Kompaniya tizimida 2000 ga yaqin dorixona boʼlib, ularning asosiy qismi qishloq hududlarida joylashgan. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʼlinmalari Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taʼminotchilaridan biri boʼlib, 2022 yil davomida: -sogʼliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga  246.2 mlrd. soʼmlik; - boshqa davolash profilaktika muassasalariga 22.0 mlrd.soʼmlik; - xususiy sektorga 30.0 mlrd.soʼmlik; - harbiy davolash muassasalariga 11.4 mlrd. soʼmlik; - QVP va QOPlarga 84.4 mlrd. soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi. Kompaniyaning umumiy tovar aylanmasi 2022 yil yakunlari boʼyicha 707.7 mlrd. soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 455,4 mlrd. soʼmni, chakana tovar aylanmasi  252,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Sof foyda 5,4 mlrd.soʼm. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi  “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 13 toifasiga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalar orqali  2022 yilda 523915 ta retsept orqali  27,1 mlrd. soʼm (2021 yilda  22,9 mlrd. soʼm)lik  dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan Davlat buyurtmasi asosida 2020 yilda 1 300 000 doza, 2021 yilda 3 668 000 doza, 2022 yilda 2 347 000  doza grippga qarshi vaktsinalar olib kelingan boʼlib, bu vaktsinalar bolalar, oʼqituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi. Bundan tashqari 2021 yil  davomida  34 956  flakon   va  2022 yilda  955 145  flakon  insulin kirim  qilingan. Murojaatlarga toʼxtaladigan boʼlsak, kompaniyaga 2022 yil davomida  jismoniy va yuridik shaxslardan  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, kompaniyaning veb-sayti, shuningdek, yozma shaklda va ishonch telefonlari orqali jami 213 ta  murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli mutaxassislar tomonidan oʼrganilib, ijobiy hal etilgan holda, asosli javob qaytarildi. Yana bir yangilik, ayni kunlarda kompaniyaning “doridarmon.uz” veb-sayti yangi formatda, bugungi kun talablariga mos ravishda yangilanib, ishga tushirildi.

  • 13 Mart, 14:28
  • Batafsil
not found

Toshkent viloyatida katta miqdordagi psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʼyildi.

Psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʼyildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati. Xususan, aniqlangan maʼlumotga koʼra, Qibray tumani “Madaniyat” MFYda yashovchi 31 yoshli fuqaro oʼzining mashinasida ketayotgan vaqtida toʼxtatilib tezkor xodimlar tomonidan koʼzdan kechirilgan. Natijada mashina salonidagi sumka ichida jami, 134 ta “Tropikomid” va 1.666 dona “Regapren” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Maʼlum boʼlishicha, ushbu shaxs taqiqlangan dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelgan. Shundan soʼng, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsni dori vositalari bilan taʼminlayotgan taʼminotchi ham viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi. Yunusobod tumani 11 mavzeda joylashgan MChJ ga qarashli dorixonada ishlovchi 26 yoshli fuqaroning xonadoni va dorixonasi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirildi. Bu yerda taxminiy bahosi 25 mln 740 ming soʼmga teng boʼlgan, 315 dona “Regapen” 45 dona “Zardeks”, 39 dona “Midaks” va 4 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi. Bundan tashqari, Zangiota tumanida oʼtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda 1999-yilda tugʼilgan fuqaro 36 yoshli sherigi bilan qora bozordagi narxi 21 mln soʼm boʼlgan jami 1 368 dona turli nom va koʼrinishda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, IIBB xodimlari tomonidan qoʼlga olindi. Shu kabi, Yangiyoʼl shahrida ham tashkil etilgan tezkor tadbir natijasida, 32 yoshli fuqaroning qoʼlida boʼlgan sumka ichidan narxi 11 mln soʼmga teng boʼlgan jami 1 296 dona turli nomdagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi fosh etilib, shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda qayd etilgan barcha holatlar yuzasidan tergov va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

  • 13 Mart, 10:15
  • Batafsil
not found

SSV tizimida qator rahbar xodimlar ishdan olindi

SSV oʼz vazifasiga masʼuliyatsiz yondashgan bir qator rahbar xodimlar lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berdi. Xususan, «O‘zmedimpeks» MChJ direktori, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori, vazirlik investitsiya boshqarmasi boshligʼi hamda boshqa qator masʼullar ishdan ketgan. 11 mart kuni sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov rahbarligida vazirlikning navbatdan tashqari hayʼat yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Tanqidiy ruhda kechgan majlisda tizimdagi qator yoʼnalishlar boʼyicha amalga oshirilgan ishlar, yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklar chuqur tahlil etildi. «Taʼkidlanganidek, yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy yordam koʼrsatish sifatini oshirish, bu orqali fuqarolarning tibbiyot tizimidan roziligini taʼminlashga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Biroq shunga qaramay, tizimda yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi lozim boʼlgan muammolar yoʼq emas. Xususan, sohada byurokratik toʼsiqlar, afsuski, hali ham uchrab turibdi. Аyniqsa, aholini sifatli dori-darmon vositalari, tibbiy buyum va jihozlar bilan taʼminlash, tizimda ijro intizomini nazorat qilish borasida qator muammolar mavjud. Shuningdek, sogʼliqni saqlash yoʼnalishida xalqaro investitsiyalar jalb qilinishini muvofiqlashtirish, bolalar tibbiyotida ilgʼor davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish boʼyicha ishlar ham yetarli darajada tashkil qilinmayapti. Bu esa sogʼliqni saqlash sohasi boshqaruv tizimida hanuz zamon talablariga mos, yangicha fikrlovchi, tashabbuskor, muammoli masalalar yechimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar yetishmasligini koʼrsatmoqda», deyiladi vazirlik xabarida. Shundan kelib chiqib, berilgan topshiriq va vazifalar hamda qoʼyilgan talablarni oʼz vaqtida bajarmagani sababli «O‘zmedimpeks» MChJ direktori А.Nabiev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi А.Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.  Shuningdek, oʼz yoʼnalishida yetarli natija koʼrsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi X.Gʼanieva hamda yana bir qator masʼullar ham ishdan olingani maʼlum qilindi. Yigʼilishda vazir А.Inoyatov tibbiyot tizimidagi har bir rahbar oʼz vazifasiga vijdonan yondashishi kerakligini alohida taʼkidlab, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda soha oldida turgan dolzarb masalalarga toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek, sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan Investitsiya va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov oʼz lavozimidan ozod etildi. Vazirlik hayʼat yigʼilishida N.Rasulov oʼtgan davr mobaynida davlat sogʼliqni saqlash tizimi muassasalarini jihozlash ishlariga investitsiya va grant mablagʼlarini jalb etish hamda ularni oʼzlashtirish bilan bogʼliq oʼz lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgani qayd etilgan. «Bu holat esa davolash-profilaktika muassasalarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash va shu orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish boʼyicha prezident topshiriqlari yetarli darajada taʼminlanmay qolishiga olib kelgan. Bundan tashqari, ushbu masʼul xodim tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalari koʼp bor buzilish holatlari kuzatilgan», deydi Yuridik boshqarma boshligʼi Ruslan Muhammadiev. Shundan kelib chiqib,  N.Rasulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi  bekor qilindi.

  • 12 Mart, 12:09
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech