Yangiliklar

not found

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 4,0 trln. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

AOKAda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi: Xususan, oʻtgan 10 oy davomida 2,73 trln. soʻmlik dori vositalari, 771 mlrd. soʻmlik tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda 498 mlrd. soʻmlik boshqa turdagi farmatsevtika mahsulotlari, yaʼni, biologik faol qoʻshimchalar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarildi.  Korxonalar tomonidan 153,2 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Eksportchi korxonalar soni 36 taga ortib, jami 365 tani tashkil etmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 45 ta davlatga mahsulotlar eksport qilinmoqda. Joriy yildan Fransiya, Germaniya, Daniya va Slovakiya davlatlariga mahsulotlarni eksport qilish yoʻlga qoʻyildi.  Farmatsevtika yoʻnalishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida 147 mln. AQSH dollari mablagʻlar oʻzlashtirildi. Shundan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar – 92 mln. AQSH dollarni tashkil etdi. Joriy yilning 10 oyida 12 ta loyiha ishga tushirildi, ular doirasida 641 nafar yangi ish oʻrinlari va 145 mlrd. soʻmlik ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi. Xususan, Xorazm viloyatida qiymati 4 mln. AQSH dollarlik infutsion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi; Samarqand viloyatida qiymati 18 mln. AQSH dollarlik dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi; Toshkent shahrida qiymati 3 mln. AQSH dollarlik infuzion dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari ishga tushirildi. Joriy yilda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining Maʼmuriy binosi ishga tushirildi. Xalqaro Farmatsevtika texnik universiteti oʻz faoliyatini boshlab, ilk talabalarni qabul qildi. “Tashkent Pharma Park” klasterning sanoat zonasida umumiy qiymati 658 mln. AQSH dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar uchun Klaster hududidan 77,65 gektar yer maydoni ajratildi. Klasterda, qiymati 40 mln. AQSH dollarlik ilk yangi loyiha ishga tushirildi va 300 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi. Shuningdek, 51 gektar yer maydonda 607 mln. AQSH dollarlik 18 ta loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Janubiy Koreyaning Eksimbanki bilan birgalikda “Tashkent Pharma Park” klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish II bosqichi doirasida qiymati 105 mln. AQSH dollarlik bitim imzolandi. Loyihaning I bosqichi doirasida, yaʼni 83,7 mln. AQSH dollarlik Farmatsevtika texnik universiteti binosini qurish loyiha smeta hujjatlari koreyalik maslahatchilar tomonidan ishlab chiqildi. Hozirda quruvchi kompaniyani tanlash boʻyicha tender tanlovlari oʻtkazilmoqda. Joriy yilda sohadagi korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish maqsadida “Zarur amaliyotlar markazi” Davlat muassasasi xodimlari soni 4 barobar oshirildi. Buning natijasida joriy yilning 10 oyida 39  ta ishlab chiqaruvchi korxonalarda (shu jumladan, ishlab chiqarish liniyalarida) “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – (GMP)” standarti joriy etildi. GMP standartiga ega korxonalar soni 53 taga, ishlab chiqarish liniyasi soni 87 taga yetdi. “Zarur distribyutorlik amaliyoti – GDP” standartiga ega tashkilotlar soni 328 taga yetdi. Bu yilning oʻzida 182 ta distribyutorga GDP standarti joriy etildi. 2024-yilda “Zarur dorixona amaliyoti – GPP” standarti boʻyicha dorixonalarni sertifikatlashtirish ishlari boshlanib, bugungi kunda 1 246 ta tarmoqli dorixona sertifikatlashtirishdan oʻtdi. Dorixonalar tomonidan GPP sertifkati uchun jami 5 311 ta ariza topshirildi. Yil yakuniga qadar respublikadagi barcha tarmoqli dorixonalarda GPP standartini joriy etish ishlarini yakunlash belgilangan.

  • 15 Noyabr, 17:45
  • Batafsil
not found

Postmarketing nazorati qanday amalga oshiriladi?

“ Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, postmarketing nazorati uchun avvalo dori vositalari yoki tibbiy buyumlar xarid qilinadi. Postmarketing nazorati uchun xarid qilinadigan namunalar: - vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muomalaga chiqarilgan dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha yoki tibbiy buyumlar savdo nomi bo‘yicha xavfni tahlil qilish asosida — maxsus elektron tizim orqali aniqlanadi. - shuningdek, dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati, xavfsizligi, noqonuniy aylanmasi, nojo‘ya ta’sirlari haqida vakolatli organga kelib tushgan ma’lumotlar hamda murojaatlar asosida — savdo nomi bo‘yicha aniqlanadi. Postmarketing nazorati uchun maxsus elektron tizim orqali aniqlangan namunalar bo‘yicha tanlab olish bayonnomasi rasmiylashtiriladi va bayonnomaga asosan postmarketing nazorati rejasi ishlab chiqiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali kelib tushgan ma’lumotlarda farmatsevtika mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, noqonuniy aylanmasi, nojo‘ya ta’sirlari haqidagi axborot mavjud bo‘lganda, vakolatli organ rahbari bir ish kunida postmarketing nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli buyruq chiqaradi. Ishchi guruh dori vositalari va tibbiy buyumlarning postmarketing nazoratini amalga oshirish uchun kamida bir martalik laboratoriya sinovlari uchun yetarli miqdordagi namunalarni ikki va undan kam bo‘lmagan obyektlardan xarid qiladi va ularni identifikatsiya qilish dalolatnomasi tuziladi va unga kassa yoki tovar cheklari ilova qilinadi. Xarid qilingan namunalarni tashish va saqlash jarayonlari mahsulot yorlig‘i va tegishli normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishchi organ xarid qilingan namunalarni ikki ish kuniga qadar sinov laboratoriyalariga yo‘llanma bilan taqdim etadi. Sinov laboratoriyalari namunalar bo‘yicha tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq sinovlarni o‘tkazadi hamda sinovlar natijalari bo‘yicha namunalarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa ko‘rsatilgan sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi. Sinov bayonnomalari namunalar sinov laboratoriyasiga taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida, sinov natijalari muddati besh kundan ortiq vaqt talab etiladigan mahsulotlar, shu jumladan sterillik talab etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun — o‘n besh ish kunida rasmiylashtirilishi kerak. Murakkab yoki uzoq muddatli sinovlar, shuningdek, maxsus tekshiruvlarni o‘tkazish zarurati bo‘lgan alohida holatlarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish muddati uzaytirilishi mumkin, ammo uzaytirilgan muddat o‘ttiz ish kunidan oshmasligi kerak. Sinov natijalari sinov bayonnomalarida aks ettiriladi. Namunalarning sinov natijalari haqqoniyligiga sinov laboratoriyalari mas’ul hisoblanadi.

  • 15 Noyabr, 15:00
  • Batafsil
not found

Olimlar qandli diabetga chalinganlar uchun qondagi qand miqdorini pasaytirishga yordam beradigan non ishlab chiqarishdi

Shimoliy Kavkaz Federal universiteti tadqiqotchilari qandli diabet va COVID-19 dan aziyat chekkanlar uchun moʻljallangan non mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini taklif qilishdi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu mahsulotlar nafaqat qondagi qand miqdorini nazorat qilish, balki immunitet tizimini mustahkamlash va ishtahani nazorat qilishga ham yordam beradi.  Qandli diabet - surunkali kasallik boʻlib, unda oshqozon osti bezi yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarmaydi yoki organizm uni samarali ishlata olmaydi, natijada glyukoza almashinuvi buziladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) qandli diabet umr koʻrish davomiyligini qisqartirishning asosiy sabablaridan biri ekanligini taʼkidlaydi.  Shimoliy Kavkaz federal universiteti olimlarining fikriga koʻra, anʼanaviy pishirilgan non mahsulotlari qondagi glyukoza darajasini oshiradi, shuning uchun diabetga chalinganlar ularni isteʼmol qilishdan cheklanishi kerak. Biroq, tadqiqotchilar muammoni un mahsulotlaridan butunlay voz kechish bilan emas, balki glikemik  indeksni (qondagi qand miqdorining oʻsish tezligini aniqlaydigan koʻrsatkich) pasaytirish uchun ularning tarkibini oʻzgartirish orqali hal qilishni taklif qilmoqda.  Olimlar qandli  diabetga chalingan va COVID-19 dan aziyat chekkan immuniteti zaif odamlar uchun past glikemik indeksli non va non mahsulotlarini ishlab chiqishdi. Buning uchun ular anʼanaviy bugʻdoy unini makkajoʻxori uni va noʻxat uni aralashmasi bilan almashtirdilar, shuningdek, ichak mikroflorasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan va immunitet tizimini mustahkamlovchi postbiotik - kombucha (xitoycha "kom bu cha" dan tarjima qilingan, "dengiz oʻtlari choyi" deb tarjima qilinadi) choyini qoʻshdilar.  SKFU oziq-ovqat texnologiyasi va tovarshunoslik kafedrasi dotsenti Valeriya Orobinskayaning soʻzlariga koʻra, ushbu non mahsulotlari tarkibida biologik faol moddalar koʻp boʻlganligi sababli ularni isteʼmol qilish metabolizmni yaxshilashga, qondagi glyukoza miqdorini pasaytirishga hamda vitamin va mikroelementlarning yetishmasligini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, bunday mahsulotlarlar oshqozon osti bezi yukini kamaytirishga xizmat qiladi, immunitetni mustahkamlaydi va "yomon" xolesterinni olib tashlash orqali ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi.  Ishlab chiqilgan non va non mahsulotlari, shuningdek, oshqozon osti bezi toʻqimalarining yangilanish jarayonlarini faollashtirishga  va ochlikni nazorat qilishga yordam beradi.

  • 15 Noyabr, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech