Yangiliklar

not found

"Sogʻlom avlod-millat kelajagi" xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi

“Grand Mir Hotel” mehmonxonasida "Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan "Sogʻlom avlod-sogʻlom millat" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada fondning mahalliy va xorijiy hamkorlari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi. “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi nodavlat jamoat tashkiloti boʻlib, 1993-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan tashkil topgan. Fondning maqsadi va vazifalari jismonan baquvvat, maʼnan yetuk, ruhan tetik farzandlar tarbiyalashni yoʻlida onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorlik olib borishdan iboratdir. Shuningdek, Respublikamizdagi eng chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholi qatlamini yanada tibbiy-ijtimoiy himoya bilan qamrab olish, oilalarda sogʻlom farzand tugʻilishi va tarbiyalanishi, ularning tibbiy psixologiyasini shakllantirish uchun yuksak masʼuliyat bilan uzluksiz ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Respublikamizda olis, borish qiyin boʻlgan tumanlar aholisiga tibbiy-ijimoiy patronaj tizimini yaratish, “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish, murakkab tibbiy operatsiyalar oʻtkazilishiga muhtoj bolalarni yetakchi xorijiy klinikalarga davolanishga joʻnatish, turli ijtimoiy festivallar, tanlovlar, sport musobaqalari hamda yosh avlodni jismoniy, maʼnaviy va aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi koʻplab tadbirlar, loyihalarni alohida qayd etib oʻtish lozim. Konferensiyada “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Boshqaruv raisi Svetlana  Inamova mahalliy tashkilotlar, xususan  “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorligini alohida eʼtirof etdi. Konferensiya doirasida fond hamkorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining rivojlantirish va investitsiya direktori Bahodir Masharipovga ham  xalqaro xayriya fondining "30 yil” esdalik statuetkasi topshirildi.

  • 30 Oktyabr, 15:17
  • Batafsil
not found

Sunʼiy intellekt sizning nutqingizni 10 soniya tinglash orqali diabetni aniqlay oladi - tadqiqot

Yangi tibbiy tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sunʼiy intellekt 2-toifa qandli diabetni bemorning nutqini shunchaki 6-10 soniya tinglash orqali aniqlashi mumkin, deb xabar beradi Kazinform New York Postga tayanib. “Mayo Clinic Proceedings: Digital Health” jurnalida chop etilgan Klick Labs tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, ayollarda sunʼiy intellekt yordamida qoʻyilgan tashxislarning aniqligini 89%, erkaklarda esa 86% koʻrsatdi. "Bizning tadqiqotimiz 2-toifa diabetga chalingan va diabet boʻlmagan odamlarning ovozida sezilarli farqlarni aniqladi", - dedi tadqiqot hammuallifi Jeysi Kaufman va bu oxir-oqibat diabetga tashxis qoʻyish usulini oʻzgartirishi mumkinligini qoʻshimcha qildi. Tadqiqotchilar 2-toifa diabetga chalingan va boʻlmagan 267 kishidan ikki hafta davomida kuniga olti marta iboralarni smartfonlariga yozib olishni soʻrashdi. Qandli diabet va diabet boʻlmaganlar oʻrtasida farq qiluvchi 14 dan ortiq turli akustik xususiyatlarni aniqlash uchun 18 000 dan ortiq yozuvlar tahlil qilingan. Ishtirokchilar, shuningdek, yoshi, boʻyi va vazni kabi salomatlikka oid asosiy maʼlumotlarini taqdim etdilar. Signalni qayta ishlash texnologiyalari inson qulogʻiga sezilmaydigan baʼzi vokal notalarni ajratib olishga muvaffaq boʻldi. Kaufmanning fikricha, bu yashirin tovushlar kerakli maslahatlarni bergan. "Bizning tadqiqotimiz 2-toifa diabet va boshqa kasalliklarni aniqlashda ovozli texnologiyaning ulkan salohiyatini taʼkidlaydi. Ovoz texnologiyasi qulay va arzon raqamli skrining vositasiga aylanib, sogʻliqni saqlash sohasida inqilob qilish potensialiga ega”, - dedi Klick Labs vitse-prezidenti va bosh tergovchisi Ian Fossat. Klick Labs tadqiqotchilari eksperimentni takrorlamoqchi va prediabet, gipertoniya va boshqa koʻplab kasalliklarga chalingan odamlarni aniqlash uchun ovozli qidiruv kuchini kengaytirmoqchi. 

  • 30 Oktyabr, 12:20
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech