17:50 (26.10.2023)

1240

Dori vositalarining xarajatlarini qoplash hamda dorixonalarda dori vositalarining doimiy mavjudligini taʼminlash yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi JSST, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi  bilan hamkorlikda "Dori taʼminoti xarajatlarini qoplash tizimini joriy qilinishi yuzasidan maʼlumotni manfaatdor tomonlarga taqdim etish" mavzusida yigʻilish oʻtkazdi.

Unda farmatsevtika kompaniyalari, jumladan mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, yetkazib beruvchilar va xalqaro ekspertlar, xususan “Dori-Darmon”  kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi       PQ-4890-sonli qaroriga muvofiq 2021-yildan boshlab, Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini, jumladan, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning yangi modellarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi ishga tushirildi. Ushbu mexanizmlarni amalga oshirish vazifasi Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga yuklatildi.

“Sirdaryo Dori-Darmon” MCHJga qarashli 40 ta dorixona va dorixona shoxobchalari ham reimbursatsiya dasturiga ulandi.

Tajriba sinov-loyihasida doirasida 2022-yildan  reimbursatsiya - bir qator surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun moʻljallangan dori-darmonlarini qoplash tizimi ishga tushdi.

Hozirda bu tizimga 11 ta dori kiritilgan boʻlib, roʻyxat har yili yangilanib, kengaytirilishi kutilmoqda. Shu maqsadda mavjud ilgʻor xalqaro tajribalardan kelib chiqib, dori vositalarining xarajatlarini  qoplash hamda Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarda dori vositalarining doimiy mavjudligini taʼminlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.

Yigʻilishda manfaatdor tomonlar eʼtiboriga dori-darmonlarni qoplash xarajatlarini aniqlash va ularning chakana dorixonalarda mavjudligini taʼminlash bilan bogʻliq  jihatlar alohida qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga Jamgʻarma mutaxassislari batafsil javob berdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech