Yangiliklar

not found

Sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar qanday usulda yoʻq qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning egalarining yoki sudning qarori boʻyicha muomaladan chiqariladi va yoʻq qilinadi. Tegishli tashkilot vakillaridan iboratyoʻq qilish komissiyasi tuziladi.  Ushbu dori vositalari shakliga qarab quyidagi usullarda yoʻq qilinadi:  Suyuq dori shakllari. Ampulalardagi inyeksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar sindirib (ezilib), (aerozol ballonlar oldindan teshib qoʻyiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil boʻlgan eritma kanalizatsiya tizimiga toʻkiladi. Boʻshagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.  Tarkibida suvda eriydigan moddalar boʻlgan qattiq dori shakllari. Kukunlar, tabletkalar, kapsulalar maydalanib, kukun holiga kelgunga qadar eziladi. Suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil boʻlgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiya tarmogʻiga toʻkiladi.  Tarkibida suvda erimaydigan moddalar boʻlgan qattiq dori shakllari. Kukunlar, tabletkalar, kapsulalar, yumshoq dori shakllari (maz, suppozitoriylar), dori vositalarining transdermal shakllari, shuningdek substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.  Tarkibida tirik organizmlar (tibbiy immunobiologik preparatlar) mavjud dori vositalari. Avval dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim hamda harorat taʼsirida ularning hujayralari parchalanadi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.  Tibbiy buyumlar ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yoʻq qilinadi.  Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar. Atrof-muhitga bezararligi toʻgʻrisida tegishli komissiya xulosasi olingandan keyin, mazkur Nizom bilan tashkil etiladigan va unda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlanadigan Komissiya tomonidan ularni yoʻq qilish masalasi koʻrib chiqiladi.

  • 13 Sentyabr, 09:41
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech