08:59 (14.09.2023)

1400

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonga yana 4 ta zaharli dori kiritishga uringani ma’lum bo‘ldi

Oʻzbekistonda 65 nafar bola oʻlimiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi ishlab chiqaruvchisi — Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd korxonasi Oʻzbekistonga yana 4 ta tarkibida zaharli moddalar mavjud boʻlgan dorilarni kiritishga harakat qilgan.

Sudda dastlab koʻrsatmalarini aytgan sudlanuvchi — “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning “Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash” laboratoriyasi mudiri G.B. sudyaning “Qaysi dorilarda kamchiliklar aniqlangandi”, degan savoliga javoban, Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd korxonasi masʼullari aynan “Dok-1 Maks” siropidan topilgan zaharli moddalar mavjud boʻlgan yana 4 ta dorilarni ham roʻyxatdan oʻtkazib, Oʻzbekistonda sotilishiga ruxsat soʻraganini aytdi.

 “Tarireks” dori vositasi, keyinchalik “Kuraraks” nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan. Keyin“Kuyurazit” tabletka dori vositasi,“Tramjoyn” tabletka vositasi, “Razinoks” tabletka dori vositasi “Dashbord” nomli elektron bazaga kiritilib, kamchiliklari bartaraf etilishi belgilangan, — deydi sudlanuvchi.

Lekin, mazkur dorilar Oʻzbekistondagi dorixonalarda sotuvga chiqishga ulgurmagan. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech