Yangiliklar

not found

Maktab oʼquvchilarining taomnomasi qanday boʼlishi kerak?

Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida oʼquvchilarning xavfsiz va sogʼlom ovqatlanishini tashkil etish “Umumtaʼlim maktablari, oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida oʼquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya-epidemiologik talablari” 0017-21-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida tartibga solinadi. Goʼsht va goʼsht mahsulotlari (I kategoriyali mol goʼshti, buzoq goʼshti, yogʼsiz qoʼy goʼshti (haftada 1-2 martadan koʼp emas), parranda goʼshti, kurka, quyon goʼshti, baliq, tovuq tuxumlari (omlet yoki qaynatilgan holda). Sut va sut mahsulotlari (sut) - pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq, quyultirilgan sut, quyultirilib-pishirilgan sut, tvorog, oʼtkir boʼlmagan turdagi pishloq, termik qayta ishlanganidan soʼng qaymoq, kefir (qatiq); yogurtlar, qizaribroq ivigan qatiq,  bifidok va boshqa sut mahsulotlari. Oziq-ovqat yogʼlari - sariyogʼ, oʼsimlik yogʼi, salatlarga, vinegretlar, seld baligʼi, ikkinchi taomlar salat yogʼi, margarin pishiriqlar uchun (qovurish uchun cheklangan). Qandolatchilik mahsulotlar - (konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak, qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz), pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz), qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal. Sabzavotlar - kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodringlar, pomidorlar, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʼkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʼk), tomat pastasi, tomat-pyure. Mevalar - olma, nok, olxoʼri, uzum, va bananlar, har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon), quritilgan mevalar. Dukkaklilar - noʼxat, loviya, soya, mosh. Sharbat va ichimliklar (imkon qadar kichik qadoqda) - konservantlarsiz va qoʼshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar, kakao, choy, ichimlik suv. Konservalar - goʼshtli konserva, konserva ovqatlari (goʼshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʼshtli karam shoʼrva, mol goʼshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʼlmaganda istisno tarzida), losos (qizil goʼshtli baliq), sayra yogʼda, qovurilgan skumbriya baligʼi, sharbatlar, meva boʼlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi, sterillangan pomidor va bodringlar. Non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda. Maktab oʼquvchilari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzining asosi sifatida sogʼlom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, oʼquvchilarning sifatli va sogʼlom oziq-ovqatlar bilan taʼminlanishini nazorat qilish sogʼlom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

  • 6 Sentyabr, 12:03
  • Batafsil
not found

Olimlar aspirin diabetdan ham himoya qilishini aniqladilar

Aspirinning past dozalari keksa odamlarda 2-toifa diabet xavfini kamaytiradi. Bunday xulosaga avstraliyalik olimlar uzoq muddatli tadqiqotdan soʼng kelishdi. Olimlar natijalarni shu kunlarda Gamburgda boʼlib oʼtadigan Yevropa qandli diabetni oʼrganish assotsiatsiyasining (EASD) yillik yigʼilishida taqdim etishmoqda. Olimlar 65 va undan katta yoshdagi 16 mingdan ortiq odamni kuzatdilar. Ularning barchasi oʼz yoshiga nisbatan sogʼlom edi. Ularning yarmi nazorat guruhini tashkil etdi, unda odamlar platsebo bilan "davolandi". Qolganlari kuniga 100 mg aspirin qabul qilishdi. Bu yurak xurujining oldini olish uchun keksalar tomonidan qoʼllaniladigan odatiy doza. Butun dunyo boʼylab koʼp millionlab yurak kasalligi bor bemorlar har kuni va butun umri davomida 75 dan 150 mg gacha aspirin qabul qilishadi. Tadqiqot 4,7 yil davom etdi. Shu vaqt ichida aspirin 2-toifa diabet rivojlanish xavfini 15 foizga kamaytirdi. Bu faqat birinchi tadqiqot boʼlgani uchun diabetning oldini olish uchun past dozali aspirin hali barcha keksa odamlarga tavsiya etilmaydi. Ammo ular yurak xastaligi bilan kasallangan millionlab odamlar tomonidan qabul qilinganligini hisobga olsak, endi u ularni nafaqat yurak xurujlari va saratonning ayrim turlaridan, balki 2-toifa diabetdan ham himoya qiladi. Bu yerda ushbu preparatning saratonga qarshi taʼsirini alohida eslash kerak. Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, aspirinning past dozalarini uzoq muddatli doimiy isteʼmol qilish bilan u oshqozon, yoʼgʼon ichak, qiziloʼngach, oshqozon osti bezi, erkaklarda prostata va tuxumdonlar, ayollarda koʼkrak va bachadonning xavfli oʼsmalarini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, kolorektal saraton xavfi yuqori boʼlgan odamlarda preparat profilaktika maqsadida rasmiy ravishda buyuriladi.

  • 5 Sentyabr, 18:01
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech