12:03 (06.09.2023)

1884

Maktab oʼquvchilarining taomnomasi qanday boʼlishi kerak?

Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida oʼquvchilarning xavfsiz va sogʼlom ovqatlanishini tashkil etish “Umumtaʼlim maktablari, oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida oʼquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya-epidemiologik talablari” 0017-21-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida tartibga solinadi.

Goʼsht va goʼsht mahsulotlari (I kategoriyali mol goʼshti, buzoq goʼshti, yogʼsiz qoʼy goʼshti (haftada 1-2 martadan koʼp emas), parranda goʼshti, kurka, quyon goʼshti, baliq, tovuq tuxumlari (omlet yoki qaynatilgan holda).

Sut va sut mahsulotlari (sut) - pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq, quyultirilgan sut, quyultirilib-pishirilgan sut, tvorog, oʼtkir boʼlmagan turdagi pishloq, termik qayta ishlanganidan soʼng qaymoq, kefir (qatiq); yogurtlar, qizaribroq ivigan qatiq,  bifidok va boshqa sut mahsulotlari.

Oziq-ovqat yogʼlari - sariyogʼ, oʼsimlik yogʼi, salatlarga, vinegretlar, seld baligʼi, ikkinchi taomlar salat yogʼi, margarin pishiriqlar uchun (qovurish uchun cheklangan).

Qandolatchilik mahsulotlar - (konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak, qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz), pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz), qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal.

Sabzavotlar - kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodringlar, pomidorlar, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʼkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʼk), tomat pastasi, tomat-pyure.

Mevalar - olma, nok, olxoʼri, uzum, va bananlar, har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon), quritilgan mevalar.

Dukkaklilar - noʼxat, loviya, soya, mosh.

Sharbat va ichimliklar (imkon qadar kichik qadoqda) - konservantlarsiz va qoʼshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar, kakao, choy, ichimlik suv.

Konservalar - goʼshtli konserva, konserva ovqatlari (goʼshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʼshtli karam shoʼrva, mol goʼshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʼlmaganda istisno tarzida), losos (qizil goʼshtli baliq), sayra yogʼda, qovurilgan skumbriya baligʼi, sharbatlar, meva boʼlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi, sterillangan pomidor va bodringlar.

Non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda.

Maktab oʼquvchilari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzining asosi sifatida sogʼlom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, oʼquvchilarning sifatli va sogʼlom oziq-ovqatlar bilan taʼminlanishini nazorat qilish sogʼlom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech