11:56 (05.09.2023)

2313

Bangladeshda 2023-yilda denge kasalligidan vafot etganlar soni 634 nafarga yetdi

Ushbu kasallik 2000-yilda mamlakatda birinchi marotaba avj olganidan beri hozirgi holatni eng halokatli epidemiya deb atash mumkin.

Bangladeshda yil boshidan beri denge kasalligidan vafot etganlar soni 634 nafarga yetdi. Bangladeshda ushbu kasallikdan eng koʼp oʼlim iyul (204) va avgust (342) oylarida qayd etilgan boʼlsa, sentyabrning oʼtgan kunlarida 41 nanafar odam vafot etgan.

TАSS agentligining maʼlumotlariga koʼra, sentyabr oyi boshidan buyon Bangladeshda isitma bilan kasallanish holatlari 6494 taga yetgan, bir sutkada 2608 nafar yangi bemor aniqlangan. Shu bilan birga, oʼtgan bir oyda kasallanganlar soni 71 976 nafarga yetdi. Yanvar oyi boshidan buyon denge bilan kasallanganlarning umumiy soni 130 302 nafarni tashkil etib, 98 mingdan ortiq bemor tuzalib ketdi. 2022 yilda Bangladeshda dange kasalligidan 281 kishi vafot etgan.

Denge har yili mamlakatda iyun-sentyabr oylarida kuchli shamolli yomgʼirlar mavsumida tarqaladi. Respublika hukumati chivinlarning koʼpayishini nazorat qilish choralarini kuchaytirganiga qaramay, bu kasallik bilan ogʼrigan bemorlarning soni ortib bormoqda.

Tropik va subtropik iqlimi boʼlgan mamlakatlarda denge kasalligi koʼp tarqalgan. Virus tashuvchilari urgʼochi chivinlardir. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) soʼnggi yillarda denge kasalligi JSSTning barcha hududlarida tez tarqaladigan infektsiyaga aylanganini taʼkidlaydi.

Infektsiyalanish holatlari soni yiliga 100-400 millionni tashkil qiladi. JSST maʼlumotlariga koʼra, holatlarning 80% dan ortigʼi odatda yengil yoki asemptomatikdir. Ammo virus potentsial oʼlimga olib kelishi mumkin boʼlgan oʼtkir respirator kasallikni keltirib chiqarishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech