15:40 (10.09.2024)
513
Ateroskleroz, jigar kasalliklari va onkologiya simptomlarsiz rivojlanishi mumkin. Bu haqda terapevt Aleksey Xuxrev maʼlum qildi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, odam jigar bilan bogʻliq muammolarni sezmasligi mumkin, chunki bu organda ogʻriq retseptorlari yoʻq. Shuning uchun oʻsimta yoki surunkali gepatit odatda muntazam tekshiruvlar paytida tasodifan aniqlanadi.
Onkologiya ham yaqqol alomatlarsiz rivojlanishi mumkin. Xususan, oshqozon osti bezi va yoʻgʻon ichak saratoni xavfli bosqichga oʻtgunga qadar odatda belgi bermaydi.
Ateroskleroz ham sezilmasdan rivojlanishi mumkin - yuqori xolesterin hech qanday alomat bilan birga kelmaydi, deydi mutaxassis.
Gipertoniyani ham shu roʻyxatga kiritish mumkin: baʼzilar bosim 200 ga koʻtarilganda ham hech narsani sezmasliklari mumkin, baʼzilari uchun hatto meʼyordan ozgina ogʻish ham noxush alomatlarni beradi, deb tushuntirdi shifokor.
Mutaxassis sogʻliqdagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash uchun har yili tekshiruvdan oʻtishni maslahat berdi.