11:34 (25.08.2023)

1710

Antibiotiklarni qabul qilishdagi eng muhim qoidalar

Antibiotiklar qatʼiy tartib asosida qabul qilinishi shart. Bu dorilar insonda kasallik chaqiruvchi mikroblarga zaharli taʼsir etib, ularni nobud qiladi va notoʻgʻri qoʻllash oqibatida koʻplab nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqarishi mumkin.

  Antibiotiklarni qatʼiyan mutaxassis koʻrsatmasiga binoan qoʻllash lozim.

Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksitsillin) dori uzogʻi bilan 8 soat davomida taʼsir koʻrsatadi. Mikroblar doriga koʻnikib, chidamli boʻlib qolmasligi uchun ularga 24 soat mobaynida taʼsir koʻrsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini oʻtkazib yubormang.

3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yoʻqolgandan keyin 3 kundan keyin dorini isteʼmol qilishni toʻxtatish kerak. Undan ertaroq toʻxtatish kasallikni surunkali koʻrinishga oʻtish yoki qaytalash xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Uzoq muddat antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun shifokor maslahati bilan probiotiklarni qoʻllash zarur. Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga, koʻpincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Bu esa ovqat hazm qilish tizimida muammolarga olib keladi. Probiotiklar bunday paytda organizmga yordam beradi.

Dorini qabul qilish tartibi. Ushbu preparatlarni ovqatdan oldin yoki keyin, shuningdek, nima bilan ichish kerakligiga doir koʻrsatmalarni mutaxassis yoki dorining yoʻriqnomasidan aniqlashtiring.

Davolash kursi vaqtida parhezga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va shoʻr taomlarni isteʼmol qilmang.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech