11:50 (15.09.2023)
1005
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Dilshod Rahimov maʼlum qildi.
Sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida 56 ta holatda 3,2 mlrd soʻmdan ortiq sifatsiz dorilarning aholiga sotilishining oldi olindi.
Shu bilan bir qatorda, kuchli taʼsir qiluvchi, narkotik hamda psixotrop moddalarni saqlash va oʻtkazish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tadbirlari kuchaytirilib, fosh etilgan 90 ta jinoyat ishlari doirasida 423 mln soʻmlik bunday turdagi dorilar noqonuniy muomaladan olib qoʻyildi.
Qayd etilishicha, oʻrganishlar davomida inson hayotiga hamda sogʻligʻiga xavf soluvchi kontrafakt va sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq 434 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 23,4 mlrd soʻmdan ziyod boʻlgan yaroqsiz mahsulot muomaladan olib qoʻyilgan.