10:04 (11.09.2023)

1918

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi.

Markazning Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari:

- xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan oʼtkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yoʼnaltiradi;

- nikohlanuvchilar, homilador va tugʼish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan oʼtkazadi;

- irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydi;

- sogʼlom oilani rejalashtirish hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech