09:00 (28.04.2023)
2316
1995 yildan buyon oʼtkazib kelinayotgan “Аvtomobilsiz kun” tadbiri jahon uzra ommalashganiga 23 yil boʼldi.
Bu tadbirning ahamiyati beqiyos – bir tomondan insonlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish boʼlsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir.
Shu bois ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targʼib etishga qaratilgan koʼplab tadbirlar tashkil etiladi.