12:04 (08.09.2023)

1721

1990 yildan beri yoshlar orasida saraton kasalligi 80 foizga oshdi

“TASS” xabar berishicha, 1990 yildan beri dunyo boʼylab 50 yoshgacha boʼlgan odamlarda saraton kasalligi taxminan 79% ga oshgan.

Olimlarning fikriga koʼra, ushbu yosh guruhida saraton kasalligidan oʼlim chastotasi xuddi shunday tarzda 27 foizga oshgan. Bemorlar eng koʼp koʼkrak, oʼpka va ovqat hazm qilish organlari saratonidan olamdan oʼtadi. Maʼlumotlarga koʼra, 2019-yilda dunyo boʼylab 50 yoshgacha boʼlgan bemorlarda 1,82 milliondan ortiq saraton oʼsimtalari aniqlangan.

Burunhalqum va prostata saratoni bilan kasallanish holatlari ham oshgan. Koʼkrak bezi, oʼpka va oshqozon-ichak trakti saratoni eng xavfli oʼsmalar roʼyxatiga kiradi. Buyrak va tuxumdon saratonidan oʼlganlar soni keskin oshgan.

Saraton ulushining eng katta oʼsishi Shimoliy Amerika, Avstraliya va Gʼarbiy Yevropada kuzatildi. Mamlakatlar miqyosida bu koʼrsatkichlar eng koʼp BAA (1127%), Qatar (1089%) va Saudiya Arabistonida (896%) oshgan.

Yoshlarda xavfli oʼsmalarning koʼpayishi nafaqat genetik omillar, balki ekologik vaziyatning yomonlashishi bilan bogʼliq. Asosiy xavf omillari goʼsht va tuzga boy ovqatlanish, semirib ketish va spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek, jismoniy faollikning pastligi va qondagi shakar miqdorining yuqoriligi sanaladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech