09:00 (10.09.2024)

570

Nima uchun yassi oyoqlik bolalar uchun xavfli?

Yassi oyoqlik oʻsmirlarda tez-tez uchraydi va jiddiy muammodir, chunki bu umurtqa pogʻonasi qiyshayishiga olib keladi.

Mutaxassisning fikriga  koʻra, "yassi oyoq" tashxisi faqat 15-17 yoshdan keyin qoʻyilishi mumkin. Kasallik aniqlangandan soʻng, oyoq va umurtqa pogʻonasidagi ogʻirlikni kamaytiradigan ortopedik tagliklardan foydalanishni boshlash kerak.

Yassi oyoqlik keltirib chiqaradigan oqibatlar: skolioz tufayli mushaklarning assimetriyasi yuzaga keladi, bu esa umurtqa pogʻonasining qiyshayishiga va kelajakda boshqa jiddiy oqibatlarga olib keladi. Ular orasida qon aylanishining buzilishi, bosh ogʻrigʻi va boshqa nevrologik muammolar bor, deb tushuntirdi mutaxassis.

Ota-onalar bolaning holatini doimiy ravishda kuzatib borishlari kerak. U stolda gavdasini toʻgʻri tutib, tirsaklarini stol yuzasiga qoʻyib oʻtirishi kerak. Maktab sumkasini ikkala yelkaga toʻgʻri taqishi kerak. Raqs tugaragi yoki ot minish kabi jismoniy mashqlar qomatni toʻgʻri rivojlantirishga yordam beradi.

Agar skoliz aniqlansa, muammoni hal qilish uchun fizioterapiya, massaj va elektr stimulyatsiyasi kerak boʻladi. Yassi oyoqlik va skoliozni oʻz vaqtida tashxislash va tuzatish kelajakda jiddiy muammolarning oldini oladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech