17:45 (08.11.2024)

699

Preparatlarning farmakologik xususiyatlarini tavsiflashda in vivo va in vitro atamalari nimani anglatadi?

Bular ilmiy tadqiqot usullari bo‘lib, dori vositalarini sinovdan o‘tkazishda qo‘llaniladi. Ularning nimasi bilan farq qilishini ko‘rib chiqamiz.

In vitro so‘zma-so‘z "shisha ichida" deb tarjima qilinadi. Bu usul yordamida patogenlar va boshqa mikroorganizmlarni cheksiz o`rganish mumkin. Materialni o‘rganish tirik organizm hujayrasidan tashqarida nazorat qilinadigan sharoitlarda amalga oshiriladi - probirka yoki Petri idishida bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar rivojlanishi uchun sun’iy muhit yaratiladi. In vitro ko‘pincha dorilar va vaksinalarni birlamchi sinovdan o‘tkazish uchun ishlatiladi.

In vivo "hayotda" degan ma’noni anglatadi. Bunday tadqiqot hayvonlar yoki odamlarda o‘tkaziladi. Bu usul aniqroq, chunki u organizmning real sharoitlarida dori ta’sirini baholashga imkon beradi. Ammo u ko‘proq vaqt va xarajatlarni talab qiladi.

Ko‘pincha bu texnologiyalardan ketma-ket foydalaniladi. Preparatning potensial samaradorligi va toksikligi haqida birlamchi ko‘rsatkichlarni olish uchun in vitro dan boshlanadi. Kerakli natijalarga erishilganda, olingan ma’lumotlarning aniqligini tasdiqlash uchun in vivo rejimiga o‘tiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech