17:15 (02.08.2024)

1281

Leofilizatlar nima va ular qanday qo`llaniladi

Ehtimol, siz liofilizatlar haqida eshitgandirsiz. Lekin bu nima va ular nima uchun kerak?

Liofilizat - bu kukun yoki g‘ovak massa ko‘rinishida taqdim etilgan dori vositasining bir shakli. U tayyor yumshoq yoki suyuq shakldagi preparatdan namlikni muzlatish va maxsus ikki marta quritish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bunday texnologiya liofilizatsiyalash deb ataladi.

Liofilizatni ishlab chiqarish jarayoni eritmalar yoki suspenziyalarni tayyorlashga qaraganda murakkabroqdir, chunki preparatning barcha xususiyatlarini va faol modda molekulalarining tuzilishini saqlab qolish juda muhimdir.

Liofilizat dori shakli sifatida ko‘plab afzalliklarga ega:

▪️ preparatni saqlash va tashish shartlariga rioya qilish osonroq;

▪️ ta’sir etuvchi moddaning biologik faolligi yaxshiroq saqlanadi;

▪️ preparatning yaroqlilik muddati uzayadi.

Qo‘llashdan oldin liofilizatni inyeksiya uchun suyuq shaklga aylantirish kerak. Buning uchun ampulaga natriy xlorid yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa erituvchini qo‘shish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech