15:54 (02.08.2023)
2019
Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida Navbatsiz xizmat maskani tashkil etildi.
Ushbu maskanning oʻziga xosligi shundaki, fuqarolar bir finjon qahva ustida:
- xorijga chiqish biometrik pasportini olish;
- biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish;
- tadbirkorlik faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish kabi 300dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari hamda bir vaqtning oʻzida qoʻshimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin.