16:17 (10.04.2023)
2583
"Dorilar va farmatsevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, sifati kafolatlanmagan dori vositalarni noqonuniy ravishda olib kirilishiga boʼlgan urinishlar hali ham uchrab turibdi.
Kuni kecha, “Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi boʼlgan “Epica” rusumli avtoulov belgilangan tartibda bojxona koʼrigidan oʼtkazilganda, avtoulovning orqa va old eshiklarining pastki qismlaridagi boʼshliqlarda haydovchi tomonidan oldindan yashirib qoʼyilgan, ogʼzaki soʼrovda aytilmagan hamda yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʼrsatilmagan, umumiy qiymati sal kam 86 mln. soʼmlik, jami 160 quti dori vositalarini qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.