12:37 (24.07.2023)

3292

 Dori vositalarining dozalari

Har bir dori vositasi ham davo, ham zahar bo`lishi mumkinligi barchaga ma`lum. Tasodifan dorini zaharga aylantirmaslik uchun ularni to`g`ri dozalashni bilishimiz kerak.

Bir martalik doza - bu bitta qabul qilinganda oshib ketishi tavsiya etilmaydigan dori miqdori. Shifokorning tavsiyasiga ko`ra bitta doza kuniga bir necha marotaba qabul qilinishi mumkin. 

Maksimal sutkalik doza 24 soat ichida preparatning ruxsat etilgan maksimal miqdoridir. Shuni esda tutish kerakki, ba'zi dorilar bir vaqtning o'zida bir nechta faol moddalarni o'z ichiga oladi. Agar siz ikki yoki undan ortiq dori-darmonlarni qabul qilsangiz, umumiy qiymatni hisobga olishingiz kerak.

Misol uchun, asetilsalitsil kislotasi ham kardiopreparatlarda, ham shamollashga qarshi komplekslarda mavjud. Ikkalasini ham qabul qilganda, ularning jami maksimal sutkalik dozasi 3 grammdan oshmayotganligiga ishonch hosil qiling. 

Zaharli doza - bu moddaning tanadagi salbiy o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan miqdori. 

Terapevtik dozakasallikni davolaydigan dori miqdori. U ham minimal yoki maksimal bo'lishi mumkin. 

Ta'minot dozasi - muntazam ravishda qabul qilinganda ta'sir ko'rsatadigan preparatning minimal dozasi. Shifokor terapevtik dozasidan natijani ko'rgandan so'ng, u doimiy ravishda ta`minot dozasini qabul qilishni taklif qiladi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech